Facebook Inc kompaniyasi seshanba kuni “Tuned” deb nomlangan juftliklar uchun moslashgan yangi ijtimoiy ilova ishlab chiqdi – deya xabar bermoqda Reuters muxbiri Ayanti Bera.

Unda siz o’z suhbatdoshingiz bilan matn, suratlar, musiqa hamda eski xotiralarni eslash uchun videolarni ulashishingiz mumkin.

Hozirgi kunga kelib ilova App Store’da mavjud va AQSH va Kanadada faoliyat yuritmoqda.

Facebookning New Product Experimentation jamoasi Tuned ilovasini yaratuvchisi hisoblanadi.