Apple va Google birgalikda yangi ilova ustida ish olib bormoqda. The Verge nashri xabar berishicha, ilova Bluetooth Low Energy transmissiyasi orqali ishlaydi. Unga ko’ra agar foydalanuvchi COVID-19 aniqlangan inson bilan uchrashgan bo’lsa, ilova bu haqida xabar beradi.

Qisqa qilib aytganda shunday ishlaydi:
• Foydalanuvchi “Bob” ismli inson bilan birinchi bor ko’rishmoqda. Bu vaqtda ikki foydalanuvchining smartfonlari bir-biri bilan anonim identifikator kalitlarni almashadi
• Bir qancha vaqtdan keyin Bob koronavirusga test topshirishga qaror qildi. Bobda virus tasdiqlandi va u natijalarni Davlat Meditsina Muassasasi ilovasiga kiritdi
• Bobning ruhsati bilan uning smartfoni yaqin 14 kun ichida u kimlar bilan ko’rishganini aniqlaydi
• Bob bilan ko’rishgan insonlar, ular yaqin kunlarda COVID-19 kasalligiga chalingan bir anonim inson bilan ko’rishganliklari haqida xabar oladilar.

Ilova May oyida yuklab olishga tayyor bo’ladi. Uning yordami bilan insonlar o’z salomatliklari haqida ko’proq ma’lumot olishadi. Og’ir oqibatlarning oldini olish imkoni paydo bo’ladi. Hukumatlar yangi kasalliklarni aniqlashi osonlashadi.