Singapur o’qituvchilari tomonidan Zoom ilovasi orqali online darslar o’tishni to’xtatdi. Buning asosiy sababi esa online darslar bo’layotgan bir vaqtda ekranda noma’lum erkaklar paydo bo’lishi bilan bog’liq deb xabar qilmoqda Mahalliy OAV lar.

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo’ylab keng tarqalganidan so’ng maktablar va ko’plab kompaniyalar Zoom ilovasidan foydalanish ko’lami kengaygan. Singapur hukumati ham ushbu ilovadan online konfrensiyalar o’tkazishda foydalanib kelmoqda edi.

Avvalroq Tayvan va Germaniya ham Zoom dan foydalanishni to’xtatgan, Alphabet Inc kompaniyasi esa kompyuterlarda Zoom ilovasidan foydalanishga qat’iy taqiq qo’ygan edi.