Twitter hamda “Square” dasturi asoschisi Jek Dorsi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 1 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi.

Dorsining so’zlariga ko’ra, ehson uning boyligining 28 foizini tashkil etadi.

Dorsi Covid-19 ga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag’ qayerga yo’naltirilganligi haqida aniq ma’lumot berganicha yo’q.

43 yoshli Jek Dorsi Twitter va Square bosh ijrochi direktori hisoblanadi. U koronavirusga qarshi kurashda mablag’ ajratgan yagona milliarder emas. Avvalroq, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun 30 million dollar; Amazon asoschisi Jeff Bezos AQSh oziq-ovqat banklariga 100 million dollar; Apple kompaniyasining bosh ijrochi direktori Tim Kuk, mart oyida koronavirus yuqtirib olgan Italiyaga dori-darmon yetkazib berishini e’lon qilgan edi.