WhatsApp soxta yangiliklar bilan kurashish uchun yangi cheklovni joriy qiladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar qilmoqda.

WhatsApp Facebook ga tegishli chat ilovasi soxta yangiliklar tarqalishini sekinlashtirmoqchi bo’lganligi sababli, xabarlarni jo’natish uchun qat’iy yangi cheklov joriy etishni rejalashtirmoqda, deydi kompaniya.
Agar foydalanuvchi tez – tez yuborilgan xabarni qabul qilsa va bu xabar besh martadan ortiq yangi cheklovlar ostida yuborilgan bo’lsa, unda foydalanuvchi bu xabarni bir vaqtning o’zida faqat bitta suhbatga yuborishi mumkin bo’ladi. Bu 2019 yilda joriy etilgan cheklovlardan biri.

Bu jarayonning joriy qilinishi orqali kompaniya o’z platformasida eng ko’p tarqalayotgan virusli xabarlarni sekinlashtirishga umid qilmoqda.

“Biz yo’naltirilayotgan xabarlar hajmining sezilarli darajada ko’payganini ko’rdik, ular haddan tashqari ko’p va noto’g’ri ma’lumotlarning tarqalishiga hissa qo’shishi mumkin ekanligini foydalanuvchilarni ham tashvishlantirmoqda”, deydi WhatsApp vakili seshanba kuni ertalab o’z blogpostida.

“Biz Whatsappni shaxsiy suhbat joyi sifatida saqlab qolish uchun ushbu xabarlarning tarqalishini sekinlashtirish muhimligini his qilib turibmiz”, – deydi u

Shahlo Hazratqulova tayyorladi (SIRENA)