Xiaomi eski qurilmalariga yangi dasturiy taʼminot jo‘natishda davom etmoqda. Android 10 bazasida ishlovchi MIUI 11 ga o‘tayotgan navbatdagi ikki qurilma 2018-yilning yozida taqdim qilingan Xiaomi Mi Max 3 va Xiaomi Mi 8 Lite lardir. Bu haqda Terabayt.uz nashri xabar bermoqda.

MIUI 11 – Global Stable ROM Rolling Out

Qurilmalarning Xitoy talqini allaqachon yangi dasturiy taʼminotga o‘tib bo‘lgan, endi navbat global versiyalarga keldi.

Xiaomi Mi Max 3ʼga jo‘natilgan yangilanish versiyasi — v.11.0.1.0 QEDMIXM. Agar apdeyt(update) kelishini kutishni xohlamasangiz, Xiaomi jamiyati veb-saytiga o‘tib, 1.8GB lik proshivkani yuklab olsangiz bo‘ladi. Yangilanish bilan birga qurilmangizda yangi ranglar sxemasi, butun tizimda amal qiluvchi Qora fon hamda yangilangan xavfsizlik patchlariga ega bo‘lasiz.

Xiaomi Mi 8 Liteʼga kelgan yangilanish versiyasi esa v.11.0.1.QDTMIXM bo‘lib, 2.4GB hajmga ega. Apdeytdan so‘ng, smartfoningiz xavfsizlik darajasi fevral oyigacha ko‘tariladi.

Muhim eslatma: agar telefoningizni Xitoydan sotib olgan bo‘lsangiz yoki dasturchi opsiyasini yoqib qo‘ygan bo‘lsangiz, tizimni yangilashdan oldin barcha maʼlumotlaringizni boshqa qurilma yoki bulutga saqlab qo‘ying. Aks holda, ularning barchasi o‘chib ketadi.