Bugun sizlarga ajoyib filmni tavsiya qilmoqchiman. Ko‘pchilik fransuz filmi degan gapni eshitganida sxodu hayoliga komediya kelishi tayin. Ammo bugun haqiqiy kino kutyapti sizlarni.

Viktor Gyugoni o‘qiganlar qo‘l ko‘tarsin! O‘qimaganman? Farqi yo‘q, kinoni ko‘ring. Bu kinoni Gyugoga aloqasi uni nomida xolos, “Xo‘rlanganlar“ ajoyib roman.

Shu nomdagi fransuz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan filmni ko‘rdim, ssenaristga o‘rnimdan turib qarsak chaldim, aslida bu film prosto Alimov layvda tavsovka qilmasdan butun boshli retsenziya yozadigan film.

Miyani maksimalkaga yaqinroq rejimga qo‘ying, hech narsaga chalg‘imang (o‘zi film boshidanoq chalg‘itmay ushlab turadi) Kimdir o‘ynagani chiqasanmi desa tur yo‘qal men karantindaman deng-da filmni yolg‘iz ko‘ring.

Fransiya. Parij. 2018-yil yoz. Parijning eng xaroba rayonlaridan biri Monfarmey, migrantlar, jinoyatchilar, umuman jamiyatning eng quyi tabaqa vakillari deb hisoblanuvchi sotsium yig‘ilgan joy. Uch nafar politsiyachining bir kun davomida boshidan kechirganlari hikoya qilinadi.

“Eslab qoling do‘stlarim, yomon o‘simlik va yomon odamlar bo‘lmaydi, faqatgina yomon agronomlar va yomon tarbiyachilar bo‘lishi mumkin xolos“ Viktor Gyugo “Xo‘rlanganlar“

Menga qolsa, kinoni nomini “Asrga tatigulik kun“ deb nomlagan bo‘lar edim.

Xullas kalom, kam byudjetli, lekin miyangga — o‘ylanib bir nuqtaga qarab qolish uchun — ozuqa beradigan film. Bosinglar.

Filmni mana bu yerdan ko‘rish mumkin

Nurbek Alimov