Bugun erkin matbuot kuni bo‘lgani uchun (maqola kecha yozilgan – Fayzbog‘) anchadan beri o‘ylab yurgan fikrimni bildirmoqchiman. Keyingi yillarda O‘zbekistonda qiyinchilik bilan bo‘lsada, shakllanayotgan so‘z erkinligini taʼminlashda ancha ilg‘or va juda orqada qolgan sektorlar mavjud. Ilg‘orlar – internet sahifalar, blogerlar hisoblansa, eng orqada qolgan sektor – anʼanaviy gazetalar, yaʼni qog‘ozda nashr qilinadigan gazetalar hisoblanadi.

Keyingi yillarda hamma o‘yg‘onsa ham bu anʼanaviy gezatelar deyarli o‘yg‘onmadi. Dunyo davlatlarida anʼanaviy gazetalar juda qudratli OAV hisoblanishadi. Ular bugungi kunda internetga ko‘chsa-da, qog‘oz shaklida ham mavjud. Asosiysi, jamiyatdagi kayfiyatni shakllantirishda gazetalarni o‘rni beqiyos.

Lekin O‘zbekistondagi gazetalarda, menimcha, eskicha konservatorlar o‘tirishibdi. Ular eski tizimda erkin fikrni yo‘qotish uchun ximioterapiya qilinganligi sabab, ulardan so‘z erkinligi kabi shijoat chiqishiga ishonmayman. Achinarlisi, mana shu konservatorlar o‘zlari bilan butun bir katta va muhim sektorni ham cho‘ktirib ketishmoqda.

Kamoliddin Rabbimov